Moslashuvchan yuqori marja talablari (FHMR) — bu yangiliklar e’lon qilinishi yoki bozorlar yopilishi kabi yuqori bozor volatilligi davrlarida marja talablarini avtomatik ravishda moslashtiradigan funksiyadir. Bu o‘zgarayotgan bozor sharoitlarida savdo xavflarini samaraliroq boshqarishga yordam beradi. Savdo faoliyatingiz va real vaqtdagi bozor xavfiga qarab, sizda HMR-siz (HMR Free) davrlar yoki yuqoriroq marja talablari amal qiladigan qisqa davrlar (Kengaytirilgan HMR) kuzatilishi mumkin.
Barqaror savdo sharoitlarini saqlashga yordam berish uchun bu funksiya standart holatda yoqilgan. Uni Shaxsiy kabinetingizda istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin. O‘chirib qo‘yilsa, hisobingiz Kengaytirilgan HMR rejimida qoladi, ya’ni yuqori volatillikka ega voqealar davrida yuqoriroq marja talablari qo‘llanilishi mumkin.
Moslashuvchan HMR Standard Cent hisoblari uchun mavjud emas.
Biz FHMR-ni treyderlarimiz uchun qo‘shimcha afzallik sifatida taklif qilamiz, biroq u har doim va har qanday vaqtda barcha mijozlar uchun mavjud bo‘lavermasligini ta’kidlash muhim. Mavjudlik savdo sharoitlaringiz va faoliyatingizni baholaydigan matematik modellarimiz tomonidan aniqlanadi. Agar savdo strategiyangiz unga haddan tashqari tayanadigan bo‘lsa yoki undan noto‘g‘ri foydalanilsa, u o‘chirib qo‘yilishi mumkin.
HMR holatlari
HMR holatlari joriy bozor sharoitlarida savdo faoliyatingiz bilan bog‘liq xavf darajasini aks ettiradi.
Joriy HMR holatingizni Shaxsiy kabinetingizda, Savdo sharoitlari bo‘limida tekshirishingiz mumkin.
| Holat | Bu nimani anglatadi |
| HMR Free | Marja talablari qo‘llanilmaydi (kafolatlanmagan). |
| Kengaytirilgan HMR | Yuqori volatillikdagi voqealar atrofida marja talablari qo‘llanilishi mumkin |
Bu holatlar har kuni ko‘rib chiqiladi va bozor sharoitlari hamda savdo faoliyatingizga qarab o‘zgarishi mumkin. Har qanday o‘zgarish kuchga kirishidan oldin Shaxsiy kabinetingizda va elektron pochta orqali xabardor qilinasiz.
Moslashuvchan HMR funksiyasini Shaxsiy kabinetingizda o‘chirib qo‘yishingiz mumkin; shunda hisobingiz marja cheklovlari bilan sukut bo‘yicha Kengaytirilgan HMR holatini (sukut bo‘yicha leverage 1:200) saqlab qoladi.
O‘zgartirish tatbiq etiladigan instrumentlar
Moslashuvchan HMR quyidagilarga qo‘llaniladi:
- Forex
- Metallar
- Energiyalar
- Kriptovalyutalar
- US30, US500, USTEC, JP225, US30_x10, US500_x100, USTEC_x100
Bu aksiyalar yoki qolgan indekslarga taalluqli emas.
Eslatma: Xavf cheklovlari buyurtmalar rad etilishiga olib kelishi mumkin. Bu cheklovlar savdoni bajarish zanjirining istalgan bosqichida yuz berishi mumkin. Bu ba’zan o‘tkazib yuborilgan savdo imkoniyatlariga olib kelishi mumkin, biroq bevosita moliyaviy zarar keltirmaydi.
Tez-tez beriladigan savollar
HMR holatlari qanday farq qiladi?
HMR holatlari joriy bozor sharoitlarida savdo xavfi darajasini ko‘rsatadi. Odatdagi holatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- HMR Free: Marja talablari qo‘llanilmaydi (kafolatlanmagan).
- Kengaytirilgan HMR: Yuqori volatillikdagi voqealar atrofida marja talablari qo‘llanilishi mumkin.
HMR doimiymi yoki vaqtinchalikmi?
HMR holatlari vaqtinchalikdir. Ular savdo faoliyatingiz va bozor sharoitlariga qarab dinamik ravishda o‘zgaradi. Xavf omillari kamaygach, hisobingiz avtomatik tarzda HMR Free holatiga qaytishi mumkin.
Mening HMR holatim qanchalik tez-tez yangilanadi?
HMR holatingiz savdo faoliyatingiz va joriy bozor sharoitlariga qarab har kuni ko‘rib chiqiladi.
Nega HMR holatim bir kunning o‘zida o‘zgardi?
Yangilanishlar odatda kuniga bir marta amalga oshirilsa-da, savdo faoliyati yoki bozor volatilligida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lsa, holatingiz o‘sha kunning o‘zida o‘zgarishi mumkin.
Qachon yana “HMR Free” holatini olishim mumkin?
HMR holatlari doimiy emas. Ular dinamik bo‘lib, savdo xatti-harakatlaringiz va bozor sharoitlariga qarab o‘zgarishi mumkin. Xavf omillari kamaygach, holatingiz avtomatik tarzda yaxshilanishi mumkin.
Xavf profilimni yaxshilash uchun nima qilishim kerak?
Xavf profilingizni yaxshilash va HMR Free holatingiz tiklanishini qo‘llab-quvvatlash uchun hisobning sog‘lom sharoitlarini saqlashga hamda bozor volatilligi yuqori davrlarda xavfni oshirishi mumkin bo‘lgan faoliyatdan saqlanishga e’tibor qarating. Umumiy savdo xatti-harakatlaringizni o‘rtacha xavf darajasida saqlash Kengaytirilgan HMR qo‘llanilishi ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.
Nega menda bu HMR holati bor?
Holatingiz savdo faoliyatingiz va bozor xavfi kabi omillarga qarab avtomatik belgilanadi.
HMR holatingiz har kuni ko‘rib chiqiladi va savdo faoliyatingiz hamda bozor sharoitlari bilan bog‘liq bir nechta omillarga bog‘liq. Vaqt davomida sog‘lom xavf profilini saqlash ushbu ko‘rib chiqishlarda holatingiz yaxshilanishiga yordam beradi.
HMR holatimni qo‘lda ko‘rib chiqishni so‘rashim mumkinmi?
Yo‘q. HMR holatlari obyektiv, xavf bilan bog‘liq mezonlar asosida avtomatik belgilanadi.
HMR holatim yaxshilansa, cheklovlar darhol olib tashlanadimi?
Ha. Xavf ta’siringiz kamayib, tizim holatingizni yangilagach, cheklovlar avtomatik tarzda olib tashlanadi.
HMR mavjud ochiq savdolarimga ta’sir qiladimi?
HMR mavjud ochiq savdolarga ta’sir qilishi mumkin. Yangi pozitsiyalarni ochish yoki mavjudlarini o‘zgartirish joriy HMR holatingizga qarab cheklanishi ham mumkin.
Nega menda “HMR Free” holati bo‘lsa ham savdom rad etildi?
HMRga aloqasi bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, masalan, HMR Free holatida bo‘lsangiz ham savdo rad etilishi mumkin:
- Bajarish vaqtida marja yoki balans yetarli emasligi.
- Yuqori volatillik paytida savdo hajmi instrument uchun ruxsat etilgan limitlardan oshishi.
Bu rad etishlar umumiy savdo va xavflarni boshqarish qoidalariga asoslanadi.
Mablag‘im yetarli bo‘lsa, HMR bilan bog‘liq rad etishlarning oldini olish uchun nima qilishim kerak?
Mablag‘ingiz yetarli bo‘lsa ham, umumiy xavf ta’siri yoki bozor bilan bog‘liq cheklovlar tufayli savdo rad etilishi mumkin. Bu holatlar savdo sharoitlari tez o‘zgarganda yoki bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi xavf limitlariga yetilganda yuz berishi mumkin.
Bunday rad etishlar ehtimolini kamaytirish uchun yuqori volatillik davrlarida savdo qilishdan saqlaning va bozor sharoitlari barqarorlashganda buyurtmani keyinroq qayta yuboring.
Nega pulimni yo‘qotishimga yo‘l qo‘ydingiz?
Savdo har doim xavfni o‘z ichiga oladi va Exness bozor harakatlari yoki savdo natijalariga ta’sir qilmaydi. Barcha shartlar, jumladan marja talablari va xavf bilan bog‘liq ma’lumotlar sizga email hamda Shaxsiy kabinetingiz orqali yetkazilgan. Xavflarni boshqarish vositalarini qo‘llash xavf ta’sirini boshqarish va mablag‘laringizni himoya qilishga yordam beradi.
Nega Shaxsiy kabinetlarimda turli HMR holatlari bor?
HMR holati savdo faoliyatiga qarab har bir Shaxsiy kabinet uchun alohida belgilanadi. ShKlar o‘rtasidagi farqlar odatiy hol.
Nega boshqa treyderning HMR holati menikidan yaxshiroq?
Holatlar shaxsiy savdo faoliyati va bozor xavfiga bog‘liq. Har bir mijozning holati o‘ziga xos.
Yangi Shaxsiy kabinet ochib, HMRsiz bo‘lishim mumkinmi?
Yo‘q. HMR Free holati faqat muayyan savdo tarixi shakllangandan keyin qo‘llaniladi. Yangi Shaxsiy kabinet ochish HMR Free holatini kafolatlamaydi.
HMR holatim o‘zgarganini qanday bilaman?
O‘zgarish kuchga kirishidan oldin Shaxsiy kabinetingizda va elektron pochta orqali xabardor qilinasiz.
HMR barcha instrumentlarga qo‘llaniladimi?
Moslashuvchan HMR forex, metallar, energiyalar va kriptovalyutalarga qo‘llaniladi. U indekslar yoki aksiyalarga qo‘llanilmaydi.
Nega terminalda HMRni ko‘rsatuvchi chiziqlar yo‘qoldi?
Terminallardagi HMRni ko‘rsatuvchi chiziqlar HMR holatingiz bilan bog‘liq bo‘lib, “HMR Free” holatida yo‘qolishi mumkin. Joriy HMR holatingizni Shaxsiy kabinetingizda ko‘rishingiz mumkin.