Ko‘p qidiriladigan mavzular:
Kredit yelkasi Savdo vaqtlari Svop Depozit Pul yechib olish Spred Hisob turlari Bank kartasi
Find answers by category
Ko‘p beriladigan savollar
-
Hisobim valyutasini o‘zgartira olamanmi?
Yo‘q, savdo hisobi yaratilgandan va uning hisob valyutasi belgilanganidan keyin uni qo‘lda o‘zgartirib bo‘lmaydi. Boshqa hisob valyutasini belgilash uchun Shaxsiy kabinetingizda yangi savdo hisobini yaratishingiz va unga boshqa hisob valyutasini belgilashingiz mumkin.
Hisob valyutasi muayyan savdo hisobiga bog‘langanligi sababli, boshqa hisob valyutasini tanlash uchun yangi Exness hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish shart emas.Savdo hisoblaringiz uchun qaysi hisob valyutalari mavjudligini bilish uchun havolaga o‘ting.
-
Savdo hisobim raqamini qanday topaman?
Savdo hisobingiz raqamini topish uchun quyidagi amallarni bajaring:
- Shaxsiy kabinetingizga kiring.
- Mening hisoblarim sahifasini oching.
- Savdo hisobingiz raqami quyidagi joylarda ko‘rsatiladi:
- Shuningdek, tishli g‘ildirak belgisini bosib, Hisob ma’lumotlari bandini tanlang. Bu yerda savdo hisobingiz raqami MT4 login yoki MT5 login sifatida ko‘rsatiladi.
-
Exness Trade foydalanadigan savdo terminalini qanday o‘zgartiraman?
Ha, savdo terminalini Exness Trade ilovasidagi MT5 hisoblarida savdo qilish uchun o‘zgartirish mumkin. Buning uchun:
- Profil belgisini bosing va Foydalanuvchi sozlamalari bo‘limidan Savdo terminalini tanlang.
- Quyidagi variantlarni ko‘rasiz:
- Exness — bu variantni tanlasangiz, savdo qilish uchun mobil ilovadagi Exness terminalidan foydalanasiz.
- O‘rnatilgan MetaTrader 5 — bu variantni tanlasangiz, Exness Trade ilovasidan chiqmasdan o‘rnatilgan MT5 terminalidan foydalanishingiz mumkin.
- MetaTrader 5 ilovasi — bu variantni tanlasangiz, savdo qilish uchun MT5 ilovasiga yo‘naltirilasiz. Shuning uchun telefoningizda MT5 ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
- TradingView — Exness Trade ilovasida 100 dan ortiq indikatorlar, chizish vositalari va rang sozlamalariga ega grafiklarni ko‘rish uchun TradingView’ni tanlang.
-
Exness Trade ilovasidagi tilni qanday o‘zgartiraman?
Exness Trade ilovasida tilni o‘zgartirish oson. O‘zingiz xohlagan tilni tanlash uchun quyidagi amallarni bajaring.
iOS uchun:
- Profilni bosing.
- Sozlamalarni, so‘ng boshqa til variantlarini ko‘rish uchun Tilni bosing.
- O‘zingiz xohlagan tilni tanlang.
Android uchun:
- Profilni bosing va Sozlamalarni bosing.
- Boshqa til variantlarini ko‘rish uchun Tilni bosing.
- O‘zingiz xohlagan tilni tanlang.
-
Exness hisobini tasdiqlash qancha vaqt oladi?
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (POI) yoki manzilni tasdiqlovchi hujjat (POA) yuborganingizdan so‘ng odatda bir necha daqiqa ichida javob olasiz. Biroq, hujjatlar qo‘shimcha tekshiruvni (qo‘lda tekshirishni) talab qilsa, har bir yuborilgan hujjatni tekshirish 24 soatgacha davom etishi mumkin. Eslatma: POI va POA hujjatlarini bir vaqtda yuborishingiz mumkin. Xohlasangiz, POA hujjatini keyinroq yuklashingiz ham mumkin.
-
Bitta email manzili bilan bir nechta Exness hisobini ro‘yxatdan o‘tkaza olamanmi?
Yo‘q, har bir email manzili uchun faqat bitta Shaxsiy kabinet ochish mumkin. Yangi email manzili bilan yangi Shaxsiy kabinetni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Biroq, har bir Shaxsiy kabinet alohida bo‘lib, o‘z Shaxsiy kabinet paroli va Yordam PIN-kodiga ega bo‘ladi.
Shuni ham yodda tutingki, bir nechta Shaxsiy kabinet uchun bir xil telefon raqami va tasdiqlash hujjatlaridan foydalanishingiz mumkin.