Ogohlantiruvchi belgilar
- Siz tanimagan kirishlar yoki harakatlarni ko‘rasiz.
- Xavfsizlik usulingiz, telefon raqamingiz yoki autentifikatsiya qurilmangiz o‘zgargan.
- Siz so‘ramagan OTP kodlarini olasiz.
- Shaxsiy kabinet (ShK) ma’lumotlari yoki tranzaksiyalaringiz sizning roziligingizsiz o‘zgartirilgan.
Hisobingizni hoziroq himoyalang
Agar hisobingiz buzib kirilgan bo‘lishi mumkin deb hisoblasangiz, quyidagi choralarni darhol ko‘ring.
1) Xavfsizlik sozlamalaringizni tekshiring (Shaxsiy kabinet)
- Shaxsiy kabinetga (Shk) kiring.
- Profil bo‘limiga o‘ting va Xavfsizlik bo‘limini tanlang.
- Telefon raqamingiz(lar) yoki autentifikatsiya qurilmangizni ham o‘z ichiga olgan xavfsizlik usulini tekshiring.
- Ro‘yxatda ko‘rsatilgan telefon raqami yoki autentifikatsiya qurilmasini tanimasangiz, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
2) Parollaringizni o‘zgartiring (Shaxsiy kabinet va savdo hisoblari)
Shaxsiy kabinet (ShK) paroli
- Profil bo‘limiga, so‘ng Xavfsizlik bo‘limiga o‘ting.
- Kirish ma’lumotlari bo‘limida Parol yonidagi O‘zgartirishni bosing.
- Yangi parolingizni ikki marta kiriting. Uning barcha parol talablariga javob berishi va boshqa joyda ishlatilmaganiga ishonch hosil qiling.
Savdo hisobi parol(lar)i
- Savdo bo‘limiga o‘ting, so‘ng Hisoblarni tanlang.
- Savdo hisobi yonidagi 3 nuqtali (⋮) belgini tanlang.
- Savdo parolini o‘zgartirish bandini tanlang.
- Ekrandagi talablarga rioya qilgan holda unikal parol yarating.
3) Boshqa qurilmalarda hisobdan chiqish
- Parolni o‘zgartirgandan so‘ng qayta kiring.
- Profil bo‘limiga o‘ting, Xavfsizlik bo‘limini tanlang.
- Qurilma va hisob xavfsizligi bo‘limida boshqa qurilmalardagi faol seanslarni yakunlash uchun Boshqa qurilmalardan chiqishni tanlang.
4) Elektron pochtangiz va qurilmalaringizni himoyalang
- Elektron pochta parolingizni o‘zgartiring va elektron pochtangizdagi xavfsizlik faolligini (so‘nggi kirishlar va qurilmalar) tekshirib chiqing.
- Agar ayni parolni boshqa joylarda ham ishlatgan bo‘lsangiz, u yerda ham almashtiring.
- Foydalanadigan barcha qurilmalaringizda yangilangan antivirus yoki zararli dasturlarga qarshi dastur yordamida xavfsizlik tekshiruvini ishga tushiring.
- Shubhali ilovalar, brauzer kengaytmalari yoki rasmiy bo‘lmagan dasturlarni olib tashlang.
5) Yordam xizmatiga murojaat qiling
Agar quyidagi holatlardan biri sizga taalluqli bo‘lsa, yordam markazida tiket oching:
- Hisobingizda ko‘rsatilgan xavfsizlik usuli, telefon raqami yoki autentifikatsiya qurilmasi sizga notanish.
- Yuqoridagi amallarni bajarganingizdan keyin ham kirish imkonini tiklay olmaysiz.
- Siz maxfiy ma’lumotlarni (parol, OTP/tasdiqlash kodlari yoki qo'llab-quvvatlash PIN-kodi) baham ko‘rgansiz.
- Hisobingizni himoyalaganingizdan keyin ham shubhali faollik davom etmoqda.
- Shaxsiy kabinet (ShK) da siz qilmagan o‘zgarishlarni sezasiz (xavfsizlik sozlamalari, hisob ma’lumotlari yoki kutilmagan tranzaksiyalar).
Tiket yuborganingizdan so‘ng, qo‘llab-quvvatlash jamoamiz murojaatingizni ko‘rib chiqadi, tegishli hisob tafsilotlarini tekshiradi va xavfsiz kirishni ta’minlash uchun keyingi qadamlarni sizga ma’lum qiladi.