Savdo kalkulyatorimiz real bozor ma’lumotlariga asoslanib, order bo‘yicha savdo shartlarini hisoblab beradi. Ushbu shartlar valyutani konvertatsiya qilish va spred farqlari tufayli real vaqt rejimidagi shartlardan farq qilishi mumkin.
Savdo kalkulyatori Shaxsiy kabinetingizdagi Vositalar va xizmatlar menyusida (yuqori o‘ng burchakdagi ? belgisi ichida ochiladigan menyu), shuningdek Exness Trade ilovasida joylashgan.
Natijalar savdo hisobingizning hisob turi, hisob valyutasi, savdo instrumenti, savdo hajmi va kredit yelka asosida hisoblanadi.
Qat’iy marja talablariga ega savdo instrumentlari tanlanganda, kredit yelka sozlamasi o‘chirib qo‘yiladi.
Savdo kalkulyatori natija sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi:
Marja: orderni ochiq holda ushlab turish uchun zaxirada ajratib qo‘yiladigan mablag‘ bo‘lib, savdo hisob valyutasida hisoblanadi.
Spred xarajati: orderni ochish uchun to‘lanadigan miqdor. Savdo kalkulyatori natijasi oldingi savdo kunidagi o‘rtacha spred xarajati asosida shakllantiriladi, chunki spred xarajati joriy bozor sharoitlariga qarab dinamik ravishda o‘zgaradi; real spred xarajatini faqat real order ochilganda aniqlash mumkin.
Komissiya: order ochilganda Raw Spread va Zero savdo hisoblariga qo‘llaniladigan to‘lovlar.
Qisqa svop: tun davomida ochiq qolgan sell orderlariga qo‘llaniladigan foiz miqdori.
Uzun svop: tun davomida ochiq qolgan buy orderlariga qo‘llaniladigan foiz miqdori.
Pip qiymati: narx bir pipga o‘zgarganda, qancha pul topiladi yoki yutqaziladi.