Exness hisobingizni ro‘yxatdan o‘tkazib va uni to‘liq tasdiqlaganingizdan so‘ng, savdoni bir nechta oddiy qadamda boshlashga tayyor bo‘lasiz:
Birinchi depozitingizni kiriting
Dastlabki depozitingiz tanlagan hisob turiga bog‘liq: Standard yoki Professional.
- Shaxsiy kabinet ga kiring.
- Depozit yorlig‘iga o‘ting.
- Afzal ko‘radigan to‘lov usulini tanlang.
- Ko‘rsatmalarga amal qilib, birinchi depozitni amalga oshiring.
Minimal depozit talablari bajarilmagan bo‘lsa, savdo platformasida order ochishga uringanda “Trade is Disabled” xato xabari paydo bo‘ladi.
Savdo platformasini tanlang
Quyida biz taklif qiladigan mavjud savdo platformalari va ularga qanday kirish mumkinligi keltirilgan:
- Exness Trade ilovasi: Exness Trade ilovasini yuklab oling va Exness hisobingiz ma’lumotlari bilan tizimga kiring.
- Exness Terminal: Shaxsiy kabinet (Shk)ga kiring, istalgan faol savdo hisobingizda Savdo qilish tugmasini bosing va Exness Terminalni tanlang.
- MetaTrader desktop platformalari: Kompyuteringizga MetaTrader 4 yoki MetaTrader 5ni yuklab o‘rnating va savdo hisobi ma’lumotlaringiz bilan tizimga kiring.
- MetaTrader mobil platformalari: telefoningizga MetaTrader 4 yoki MetaTrader 5ni yuklab oling va o‘rnating, so‘ng savdo hisobi ma’lumotlari bilan tizimga kiring.
- WebTerminal: Saytimizdagi Vebga asoslangan terminalga savdo hisobi ma’lumotlaringiz bilan kiring.
- MT4 MultiTerminal: Windows kompyuteringizga MT4 MultiTerminalni yuklab o‘rnating va savdo hisobingiz bilan tizimga kiring.
MT5 savdo platformasida MT4 savdo hisobidan foydalana olmaysiz va aksincha. Savdo hisobi yaratilgandan so‘ng uning mosligini o‘zgartirib bo‘lmaydi.
O‘zingizga ma’qul savdo instrumentlarini qo‘shing
Qulay bo‘lishi uchun tanlagan savdo platformangizning tanlanganlar bo‘limiga savdo qilmoqchi bo‘lgan istalgan instrumentlarni, jumladan foreks, tovarlar, aksiyalar, va indekslarni qo‘shing.
Exness Terminalda qidiruv satrida instrumentni qidiring, so‘ng uning diagrammasini ochish uchun uni tanlang.
Exness Trade ilovasida Savdo yorlig‘iga o‘ting va ko‘rsatilgan instrumentlar ro‘yxatidan instrumentingizni tanlang yoki qidiruv satriga instrumentni kiriting.
MetaTrader mobil va kompyuter platformalarida savdo instrumentlarini Market Watch oynasiga qo‘shing.
Marjani hisoblang
Marja — yelkalik savdo pozitsiyasini ochish va uni saqlab turish uchun kerak bo‘ladigan zaxiralangan mablag‘. Savdoni ochish va davom ettirish uchun hisobingizda yetarli mablag‘ borligiga ishonch hosil qiling.
Savdo soatlarini tekshiring
Savdo 24/5* rejimida mavjud bo‘lsa-da, bozor savdo soatlari, instrument savdo soatlari, yozgi/qishki savdo soatlari hamda kundalik tanaffuslarni bilish savdoni osonlashtiradi.
Quyidagi maqolalarda har bir savdo instrumenti uchun bozor soatlarini bilib oling:
- Foreks valyuta juftliklari uchun savdo vaqtlari
- Tovarlar uchun savdo vaqtlari
- Kriptovalyutalar uchun savdo vaqtlari
- Indekslar uchun savdo vaqtlari
- Aksiyalar uchun savdo vaqtlari
*Kriptovalyutalar kabi ayrim instrumentlarda savdo hafta davomida, hatto dam olish kunlari ham amalga oshiriladi.
Savdoni boshlang
Endi siz savdoni boshlashga tayyorsiz.
Batafsil qo‘llanmalarimiz bilan tanishing: