Shaxsiy kabinet (ShK) ingizning yuqori qismidagi banner orqali verifikatsiya holatini tekshirishingiz mumkin. Agar hujjatlaringiz rad etilsa, buning batafsil izohini topishingiz mumkin.
Shaxsingizni tasdiqlovchi (POI) va manzilingizni tasdiqlovchi (POA) hujjatlaringiz topshirilganda ham, ular ko‘rib chiqilgandan keyin ham sizga elektron pochta xati yuboriladi. Hujjatlarni tekshirish 24 soatgacha davom etishi mumkin.
Shaxsiy kabinetdagi banner quyidagi verifikatsiya holatlaridan birini ko‘rsatishi mumkin. Har bir holat nimani anglatishini quyida ko‘rishingiz mumkin.
-
Verifikatsiya bosqichlarining hech biri bajarilmagan
Agar siz verifikatsiya jarayonini boshlamagan bo‘lsangiz, ushbu holat ko‘rsatiladi. Davom etish uchun Profilni to‘ldirish tugmasini bosing. -
Verifikatsiyaning bir yoki bir nechta bosqichi bajarilgan
Telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz tasdiqlanib, iqtisodiy profil to‘ldirilgandan so‘ng ushbu holat ko‘rsatiladi. Iltimos, POI va POA hujjatlaringizni yuklashga o‘ting. -
POI yuborilgan yoki tasdiqlangan
POI hujjatingiz yuborilib tasdiqlangach, POA hujjatlaringizni yuklashga o‘ting. -
POI rad etildi
Vaqtinchalik rad etish: Yuklangan hujjatlar talablarga javob bermagani uchun rad etildi. Iltimos, hujjatlaringizni yana yuklang.
Yakuniy rad etish: O‘n marta muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, endi hujjatlarni yuklay olmaysiz. Davom etish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
-
POI tasdiqlandi, POA esa rad etildi
Vaqtinchalik rad etish: Yuklangan hujjatlar talablarga javob bermagani uchun rad etildi. Iltimos, hujjatlaringizni yana yuklang.
Yakuniy rad etish: O‘n marta muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, endi hujjatlarni yuklay olmaysiz. Davom etish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
-
Verifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchi
Profilingiz to‘liq verifikatsiyadan o‘tgach, ushbu holat ko‘rsatiladi.
Rad etilgan hujjat bo‘yicha yordam kerakmi? Qabul qilinadigan hujjatlar, rad etishning eng ko‘p uchraydigan sabablari va talablarimizga mos hujjatlarni qanday yuborish haqida bilish uchun Verifikatsiya hujjatlariga qo‘yiladigan talablar maqolamizni o‘qing.