Barcha savdo funksiyalari faollashishi va depozit limitlari to‘liq olib tashlanishi uchun Exness hisobi to‘liq tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Exness hisobini tasdiqlash jarayoni muhim bo‘lishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
Xavfsizlik
Hisob xavfsizligi hisobni tasdiqlash jarayonining muhim qismidir. Tasdiqlash ruxsatsiz shaxslarning sizning shaxsingiz yoki mablag‘laringizdan foydalanib savdo qilishi xavfini kamaytirishga yordam beradi. Hisobga faqat hisob egasi kira olishi va savdo qilish imkoniyatiga ega ekanini bilish moliyaviy xavfsizligingiz hamda mustaqil qaror qabul qilish huquqingiz qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Moliyaviy tartibga solish
Talablarga muvofiqligimizni saqlash va tartibga soluvchi organlar tomonidan nazorat qilinishimiz uchun qat’iy tasdiqlash jarayoni zarur. Exness turli yurisdiksiyalarda vakolat berilgan va tartibga solinadigan turli subyektlar orqali faoliyat yuritadi. Tartibga soluvchi organlar bizning qonuniy operatsiya ekanligimiz va tegishli tartib-taomillar hamda qonunlarga rioya etish bo‘yicha majburiyatimizni bajarish uchun zarur choralarni ko‘rishimizga ishonch beradi.
Xizmatni yaxshilash
Ehtiyojlaringizni tushunish va xizmatlarni yaxshilash uchun aniq ma’lumotlar zarur. Masalan, dunyoning muayyan hududidan ko‘plab treyderlar ro‘yxatdan o‘ta boshlasa, buni ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlaridan ko‘ramiz va o‘sha hududda mahalliy tillarda kontent taqdim etish hamda ushbu hududda mavjud bo‘lgan yangi to‘lov tizimlarini taklif qilish orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatimizni yaxshilashni boshlaymiz. Bunga faqat hisobni tasdiqlash jarayoni orqali taqdim etilgan aniq ma’lumotlar tufayli erishish mumkin.
Exness Xizmat ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq:
Kompaniya tomonidan saqlanadigan mijoz ma’lumotlari maxfiy hisoblanadi va tadqiqot, statistik yoki marketing maqsadlari uchun Xizmatlarni taqdim etish, boshqarish hamda yaxshilash bilan bog‘liq holatlardan boshqa hech qanday maqsadda foydalanilmaydi.
Bu shaxsiy ma’lumotlaringiz himoyalanishini ta’minlaydi va ma’lumotlar hech qachon Exness’dan tashqaridagi uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.
Taqdim etilgan hujjatlarning tekshiruvini kim amalga oshiradi?
Hujjatlarni tasdiqlash ma’lumotlaringiz maxfiyligini himoya qilish uchun oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi kelishuvlar (NDA) bilan majburiyatlangan, ixtisoslashgan mutaxassislar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tasdiqlanmagan hisob cheklovlari:
- Ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta manzili va/yoki telefon raqami hamda shaxsiy ma’lumotlari mavjud bo‘lgan Exness hisoblarida barcha savdo hisoblarida depozit limiti past bo‘ladi.
- Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda iqtisodiy profil to‘ldirilgan va amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat (POI) taqdim etilgan Exness hisoblarida depozit limiti avvalgidek saqlanadi, biroq oldingiga qaraganda ko‘proq depozit kiritish mumkin.
- Yuqoridagilarning barchasiga ega bo‘lgan va amaldagi manzilni tasdiqlovchi hujjat (POA) qabul qilingan Exness hisoblari to‘liq tasdiqlangan hisoblanadi va depozit bo‘yicha hech qanday cheklov bo‘lmaydi (tanlangan to‘lov usuli imkoniyatlaridan kelib chiqadigan holatlar bundan mustasno).
- Ayrim hududlarda Exness hisobi to‘liq tasdiqlanmaguncha depozit kiritish umuman mumkin bo‘lmaydi.
Shuni yodda tutingki, ayrim ro‘yxatdan o‘tgan hududlarda Exness hisobi to‘liq tasdiqlanmaguncha barcha savdo amaliyotlari cheklanadi; amaldagi savdo cheklovlarini tekshirish uchun Shaxsiy kabinet (ShK) ga kiring.
Verifikatsiya hujjatlari bo‘yicha talablar haqida batafsil o‘qing va hujjatlaringiz verifikatsiya holatini qanday tekshirishni bilib oling.