Parolingizni muntazam ravishda o‘zgartirib turish qat’iy tavsiya etiladi. Exness VPS xizmatiga ilk bor kirish huquqini olganingizdan so‘ng parolni o‘zgartirish majburiydir.
Parolni o‘rnatish uchun
+- Shaxsiy kabinetga (Shk) kiring.
- Chap tomondagi menyudan Exness benefits bo‘limini bosing va Virtual xususiy serverni tanlang.
- Avvalo Exness VPS Onlayn ekanini tasdiqlang.
- Kirish tugmasini bosing.
- Qalqib chiquvchi oynada Exness VPS ma’lumotlaringiz (VPS manzili, VPS logini va VPS paroli) ko‘rsatiladi.
- Agar VPS parolingiz allaqachon ko‘rsatilgan bo‘lsa, u qayta ko‘rsatilmaydi. Parolni unutgan bo‘lsangiz, havola orqali ko‘rsatmalarga amal qiling.
- Qurilmangiz turiga (iOS yoki Windows) qarab VPS’ga ulanish bo‘yicha qadamlarni bajaring. Keyingi qadam uchun virtual mashinaga kirishingiz kerak.
- Virtual kompyuterga kirganingizdan so‘ng Boshlash (Windows belgisi) menyusini bosing, so‘ng foydalanuvchi avatariga bosing va Hisob sozlamalarini o‘zgartirish tanlang.
- Chap tomondagi menyudan Kirish variantlari bo‘limini tanlang, so‘ng O‘zgartirish tugmasini Parol sarlavhasi ostida bosing.
- Joriy parolni kiriting, so‘ng Keyingi tugmasini bosing.
- Endi yangi parolingizni ikki marta kiriting va uni eslab qolishingizga yordam berishi uchun ixtiyoriy ishora yarating. Yangi parolni tasdiqlash uchun Keyingi tugmasini bosing.
VPS parolingiz belgilandi.
Exness VPS bo‘yicha qo‘shimcha yordam olish uchun nosozliklarni bartaraf etish qo‘llanmamizni sinab ko‘ring.
VPS parolini tiklash uchun
+- Shaxsiy kabinetga kiring.
- Chap tomondagi menyudan Exness Benefits bo‘limini bosing.
- Virtual shaxsiy serverni oching
- 3 nuqtali belgini (Qayta yuklash tugmasi yonida) bosing, so‘ng Parolni tiklash bandini tanlang.
- Parolingizni tiklamoqchi ekaningizni tasdiqlang.
- Endi VPS parolingiz tiklanadi.
Parolni qayta tiklaganingizdan so‘ng yangi parol o‘rnatishni qat’iy tavsiya qilamiz, chunki qayta tiklangan parol tasodifiy yaratiladi va uni eslab qolish qiyin.