Foydalanuvchi tajribasi qulayligini ta’minlash maqsadida VPS xizmati bo‘yicha foydalanish shartlarini tushunish juda muhim.
Foydalanish shartlari buzilgani aniqlangan foydalanuvchilarga VPS xizmati to‘xtatilishidan 24 soat oldin xabarnoma yuborilishi mumkin. Bunday foydalanuvchilarga Exness VPS xizmatiga yana ariza topshirish ham taqiqlanishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun Mijoz shartnomasiga (2.9-bo‘lim) murojaat qiling.
Mas’uliyat
VPS hisobini ishlatish uchun zarur bo‘lgan internet aloqasi va uskunalar bilan ta’minlash javobgarligi foydalanuvchining zimmasidadir. Exness foydalanuvchiga oldindan o‘rnatilgan MetaTrader 4 va MetaTrader 5 savdo platformasi dasturiy ta’minotini o‘z ichiga olgan VPS konteynerini taqdim etadi.
Exness foydalanuvchining MT terminali ulanadigan MT serverlarining uzluksiz ishlash vaqtini nazorat qilish uchun mas’uldir. Exness foydalanuvchining MT terminali to‘g‘ri ishlashini kuzatish uchun mas’ul emas, chunki bu foydalanuvchining mas’uliyati bo‘lib qoladi, jumladan, quyidagilar bilan cheklanmagan holda:
- MT terminalining serverga ulanishi
- MT terminalining qayta ishga tushirilishi
- Foydalanuvchining ekspert maslahatchilari ning ishlash holati
Javobgarlik
Exness VPS xizmatiga kira olmaslik natijasida yoki MT terminali bilan Exness serveri o‘rtasidagi ulanish muammolari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar uchun javobgar emas. Bundan tashqari, Exness VPS xizmatiga o‘rnatilgan savdo skriptlari (ekspert maslahatchilar va boshqalar), jumladan noto‘g‘ri o‘rnatilgan va/yoki Exness qo‘llab-quvvatlash xizmati yordami bilan o‘rnatilgan skriptlar oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlar uchun ham javobgar emas.
Har qanday muammolarni hal qilish uchun foydalanuvchi o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi yoki Yordam markazida tiket yaratishi kerak. Muammolarni hal qilish jarayoni davom etayotganda, foydalanuvchidan o‘z savdo strategiyasi, shuningdek, konteyneri yoki MT terminalining joriy holatiga muvofiq tegishli choralarni ko‘rishi kutiladi. Qo‘llab-quvvatlash xizmati VPS xizmatidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan muammolarga darhol javob bera olmasligi mumkin, shuning uchun murojaat yoki muammoni ko‘rib chiqish uchun yetarli vaqt bering. Sizning mamnunligingiz biz uchun eng muhim ustuvorlik, biroq vaqt mintaqalari, internetga ulanish va boshqa omillar javob berish imkoniyatimizni qiyinlashtirishi yoki cheklashi mumkin.
Ruxsat etilmagan foydalanish
Exness VPS faqat Exness serveri orqali savdo qilish uchun ishlatilishi kerak. Exness VPSdan nomaqbul tarzda foydalanish taqiqlanadi, jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, noqonuniy, qonunga xilof yoki noo‘rin bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday foydalanish. Batafsil ma’lumot uchun Mijoz shartnomasiga (2.9-bo‘lim) murojaat qiling.
VPS xizmatini vaqtincha to‘xtatish
+Exness VPS xizmatidan foydalanishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan moslik mezonlari dan birortasiga ham javob bermasangiz, VPS xizmati bekor qilinadi; jarayon davomida VPSdagi foydalanuvchi ma’lumotlarining barchasi o‘chirib tashlanadi va ularni qayta tiklab bo‘lmaydi.
Ogohlantirishlar 30 ketma-ket kalendar kun davomida davriy ravishda yuboriladi (xususan, 20, 28, 29 va 30-kunlarda). Kutilayotgan orderlar umumiy savdo hajmiga kiritilmaydi.
Xizmatlarni taqdim etish
+Exness foydalanuvchiga oldindan o‘rnatilgan MetaTrader 4 va MetaTrader 5 mijoz dasturiy ta’minotini o‘z ichiga olgan VPS konteynerini taqdim etadi.
Exness serverlarda vaqti-vaqti bilan shoshilinch va rejali texnik ishlarni olib boradi; texnik ishlar vaqtida Exness VPS mavjud bo‘lmasligi mumkin. Exness rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish haqida foydalanuvchilarga oldindan xabar beradi va imkon qadar texnik xizmatni bozorning asosiy ish soatlaridan tashqarida o‘tkazishga harakat qiladi. Biroq Exness istalgan vaqtda va ogohlantirishsiz muhim yangilanishlarni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Agar texnik xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan bo‘lsa, Exness juma kuni bozor yopilishidan oldin ochiq savdolarni yopishni tavsiya qiladi, ayniqsa EA va/yoki boshqa avtomatlashtirilgan savdo ilovalari ishlayotgan bo‘lsa.
Foydalanuvchi Exness VPS xizmatidagi har qanday nosozliklar, shu jumladan, quyidagilar bilan cheklanmagan holda: elektr ta’minotidagi uzilishlar, texnik yoki tizimli nosozliklar yoxud boshqa har qanday texnik muammolar uchun Exness javobgar bo‘lmasligini tan oladi va tasdiqlaydi.
Foydalanuvchi VPS hosting uchinchi tomon tomonidan boshqarilishini tan oladi va VPS hosting bilan bog‘liq har qanday nosozliklar uchun Exness javobgar bo‘lmaydi.