Indekslarga dividend tuzatmalari indeks bo‘yicha buy yoki sell qilishingizga qarab qo‘llanadi.
Dividendlar nima?
Indeks ko‘plab kompaniyalardan tashkil topgan og‘irliklangan savatdir. Ushbu kompaniyalardan biri dividend to‘laganda, amalda uning qiymati dividend miqdoriga kamayadi.
Qiymatdagi bu pasayish ex-dividend sanasida aksiyalar narxining tushishi orqali namoyon bo‘ladi. Narxdagi pasayish dividend hajmi va ushbu kompaniyaning o‘sha indeks tarkibidagi ulushiga mutanosib bo‘ladi. Natijada, ba’zan dividend tuzatmalari sezilmay qoladi, boshqa holatlarda esa ularning indeks narxiga ta’sirini tushuntirib berish zarur bo‘ladi.
Dividendlarni qanday hisoblash
Bozor sharoitlarini aniq aks ettirish uchun biz (mavjud bo‘lsa) har bir indeksning savdo sessiyasi ochilishida dividend summalarini har kuni savdo hisobi balansidan yechib olamiz yoki balansga qo‘shamiz. Dividendlar “har bir instrument bo‘yicha” qo‘llanadi, ya’ni ex-dividend sanasidan oldingi savdo soatlari yakunida hanuz ochiq bo‘lgan muayyan indeks bo‘yicha barcha orderlar uchun jamlangan tuzatma hisoblanadi.
Dividendlar qachon bo‘lishi mumkinligini indekslar bo‘yicha savdo soatlari sahifasidan bilib oling.
- Buy savdolari bo‘yicha dividend hisoblab qo‘shilishi mumkin; u quyidagicha hisoblanadi:
Hisoblab qo‘shiladigan dividend summasi (indeksning kotirovka valyutasida) = Lotlar × shartnoma hajmi x dividend stavkasi
- Sell savdolari bo‘yicha dividend yechib olinishi mumkin; u quyidagicha hisoblanadi:
Yechib olinadigan dividend summasi (indeksning kotirovka valyutasida) = Lotlar × shartnoma hajmi x dividend stavkasi
Dividendlar tufayli yuz beradigan har qanday balans o‘zgarishlari MT savdo platformalarida ham ko‘rsatiladi.
Dividendlar yakshanbadan payshanbagacha UTC bo‘yicha soat 22:00 da qo‘llanadi.
Dividendlar taqvimi jadvali
Quyidagi jadval yordamida tegishli indekslar bo‘yicha savdo qilayotganda dividend yangilanishlarini kuzatib boring; jadval haftasiga bir marta yangilanib, yaqin orada qo‘llanadigan dividendlarni ko‘rsatadi:
Sanani tanlang
Stavkalar ushbu sahifada ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin. Ma’lum bir kun uchun to‘langan yoki yechib olingan yangilangan summani Shaxsiy kabinetdagi "Dividendlar" bo‘limida ko‘rish mumkin.
To‘lanadigan yoki yechib olinadigan yaqinlashib kelayotgan dividendlarni ko‘rish uchun ushbu sahifaga murojaat qiling. Bu yerda dividendlar tarixi uzoqroq davrni qamrab oladi va sahifa haftasiga bir marta yangilanadi.